Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная Фильмлар WwW.UzMeGaViDeo.Uz

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!! (Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!!)
Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!!
Uzbek-kinoДата: Воскресенье, 04.11.2012, 23:51:58 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2322
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн

Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!!

2012 yil 29 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da shahrimizda joylashgan "Patrick" kafesida Rayhon bir qator OAV hodimlari bilan matbuot anjumani o'tkazdi. Ushbu anjumandagi asosiy mavzu so'zsiz Rayhonni turmush qurayotganligi haqida bo'ldi. Zero, butun O'zbekistonga tarqalgan bu mish-mish haqida rasmiy ma'lumot juda muhim edi.Xo'sh, Rayhon turmushga chiqmoqdami va mana shu turmushga oid bir qator savollarga Rayhonning javobi qanday bo'ldi? Bugun barchasini o'zingiz o'qib bilib olasiz. Rayhon va Yigitalining to'yi haqidagi gaplar boshlanganiga ko'p bo'lmadi. Biroq, hali yana ko'p davom etadi. Hozir esa sizni qiziqtirgan savollarni javobi bilan tanishing. 
- Rayhon eng avvalo turmush qurayotganligingiz haqida rasmiy javobni olishni istar edik. 
Rayhon: Ha biz turmush qurayotganligimiz rost! Yigitali bilan to'yimiz 16 noyabr kuni "Versal" restoranida bo'lib o'tadi. 
- To'yingizda OAV hodimlarini ham bo'lishini istaysizmi? Ya'ni, jurnalistlar kelib fotosuratlarga tushirib, muxlislarga to'y haqida batafsilroq yoritishlarini? 
Rayhon: To'y bu oilaviy marosim. Buni biz oilaviy tarzda, yaqin do'stu-birodarlarimiz bilan birga nishonlamoqchimiz. Kimdir o'z fotosuratini OAVda ko'rishni istamasligi mumkin. Shu sababdan eng yaxshisi biz o'zimiz fotosuratlarni tanlab-tanlab sizlarga taqdim etganimiz ma'qul. Shunda hammasi joyida bo'ladi, deb o'ylayman. Qolaversa, to'yni u qadar katta qilish niyatimiz yo'q. 
- To'yga kirish qat'iy taklifnoma nazorati bilan bo'lsa kerak? 
Rayhon: Albatta. Bunday qilmasak ham bo'lmaydi. Bir san'atkorning nikoh oqshomiga biz ham taklif qilingan edik. Bordik. Odam juda ko'p. Hech kim, hech kim bilan ishi ham yo'q. San'atkorlar uchun ajratilgan joy qayerda ekanligini so'raganimizda bizga bir joyni ko'rsatib yuborishdi. Borib qarasak o'tirgani ham joy yo'q. Qaytib chiqib ketishga to'g'ri keldi. Shu kabi holat bizning ham to'yimizda kuzatilishini istamas edik. Kelgan mehmonlarni hafa qilib qo'yish niyatim yo'q. 
- Chiqarilgan taklifnomalar ham noodatiy ekan. Bunday taklifnomalar chiqarish g'oyasi kimdan chiqdi? 
Rayhon: Ha, taklifnomani o'zgacharoq qilishga harakat qildik. Taklifnoma ichida sovg'a tarzida ko'zmunchoqli tumor ham bor. Bizni to'yimizni eslab yurishsin kelgan mehmonlar, deb shunday sovg'a ham qo'shishga qaror qildik. Taklifnoma tuzilishini ham o'zimiz o'ylab chiqdik. 
- Ba'zi xonandalar o'z to'yida ham qo'shiq kuylashganligi guvohi bo'lgan edik. Siz ham to'yingizda qo'shiq kuylaysizmi? 
Rayhon: Men ko'rmagan ekanman. Nahotki, o'z to'ylarida ham qo'shiq kuylashayotgan bo'lsa? Yo'q! Men bu haqida o'ylab ham ko'rmagan edim. Qo'shiq kuylash niyatim ham yo'q. Biroq, boshqa bir qator qiziqarli g'oyalarni o'ylab qo'yganmiz. Nasib qilsa to'yga tashrif buyurgan mehmonlar buni ko'rishadi. 
- To'y uchun maxsus fotosuratlarga ham tushishga ulguribsiz. Mana shu fotosuratlarni ham internet tarmog'ida joylashtirishga qanday qaraysiz? 
Rayhon: Nega endi yo'q. Albatta taqdim etishimiz mumkin. Ammo, bu fotosuratlar to'yda namoyish etish uchun tushirilgan. Keling yaxshisi, fotosuratlarni to'y o'tib bo'lgach sizlarga taqdim etamiz. 
- Kelishdik. Keling endi Yigitali bilan tanishishingiz tarixiga ham nazar tashlasak. 
Rayhon: "Samodan" qo'shig'imga klip suratga olish jarayonida biz Yigitali bilan tanishib qoldik. Va juda qisqa vaqt ichida bir-birimizga mos ekanligimizni anglab yetdik. Yigitali menga sevgi izhor qilib, qo'limni so'raganida to'g'risi avvaliga ishonmadim. Keyin uning niyati jiddiy ekanligini anglab yetib, o'z juftimni topganligimni tushundim. Bir ko'rishda sevgi, deganlaridek... Yigitali bilan bizni ko'p jihatlarimiz bir xilligi ham e'tiborli. Menga yoqadigan qo'shiqlar yo'nalishi unga ham yoqadi, unga yoqadigan filmlar menga ham yoqadi. Tug'ilgan kunlarimiz sanasi ham bir xil, oyi bir xil bo'lmasa ham. Men 16 sentyabrda tavallud topgan bo'lsam, Yigitali 16 iyunda tavallud topgan. To'yimiz ham shuning uchun 16 noyabrga belgilandi. 
- To'ydan so'ng ijodni davom ettirish ettirmasligingiz haqidagi savol ham muxlislaringizni qiziqtirmoqda? 
Rayhon: Albatta to'ydan so'ng ijodimni davom ettiraman. Ahir muxlislarim bilan do'st bo'lib qolganmanku. Ulardan yuz o'girib bo'lmaydi. Darvoqe, kelgusi yildagi konsert dasturim endi fevral oyida emas, bahor faslida, ya'ni aprel oyida bo'lib o'tadi. Mana shu konsert dasturi uchun tayyorgarliklarni to'ydan so'ng boshlaymiz. 
- Bo'lajak turmush o'rtag'ingiz bilan kelgusi ijodiy faoliyatingiz haqida ham kelishib ulgurgandirsizlar? 
Rayhon: Albatta. Men ham, u ham juda rashqchi. Endilikda mening kliplarimda undan boshqa yigit suratga tushmasa kerak. Xuddi shu kabi, u ham boshqa ayol xonandalarning kliplarida suratga tushmaydigan bo'ldi. Biroq, yaqin orada yana bir klip TVda paydo bo'ladi. Manzuraning klipida Yigitali oxirgi marta suratga tushishi bo'ladi. (Kuladi). 
- Yigitali bilan sizning o'rtangizda juda katta farq bor. 12 yosh. Bu hech qanday tushunmovchiliklarga sabab bo'lmaydimi? 
Rayhon: Yo'q. Bu borada o'ylab chiqdik. Biz bir-birimizga juda ham ko'p taraflama to'g'ri kelamiz. Nega endi yoshimizdagi farq bunga to'siqlik qilishi mumkin. Bu borada men ham Yigitaliga aytganimda u menga Payg'ambarimiz Muhammad (S.A.V)ning turmush o'rtoqlari bilan o'rtalaridagi yosh farqi ham katta bo'lganligi haqida aytib berdi. Shundan so'ng, menda hech qanday ortiqcha savol tug'ilmadi

Прикрепления: 9896529.jpg(140.9 Kb)


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!! (Rayhon turmushga chiqmoqda! Rasman tasdiqladi!!!)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  WwW.UzMeGaViDeo.Uz   Главная   Регистрация   Вход  
Форма входа
Логин:
Пароль:

Поиск фильмы

Онлайн фильмы

Alamzada 2-Qism Milliy Serial - Аламзада 2-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Rishtalar 44-Qism (milliy serial) | Ришталар 44-Кисм (миллий сериал)

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Alamzada 1-Qism Milliy Serial - Аламзада 1-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Sensiz 2mavsum (o'zbek serial) 66-qism / Сенсиз 2мавсум (ўзбек сериал) 66-қисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0
Наш баннер фильм
Uzbek kino filmlar va boshqa kino filmlar WWW.uzmegavideo.ucoz.ru da onlayn va bepul

Посоветовать другу фильмы

Статистика фильмы
Top.Mail.Ru


В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.
Добро пожаловать на UzMeGaViDeO.Uz Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.
Copyright MyCorp © 2022