Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная Фильмлар WwW.UzMeGaViDeo.Uz

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » Rayhonning oshiqlariga hamdardlik (Rayhonning oshiqlariga hamdardlik)
Rayhonning oshiqlariga hamdardlik
Uzbek-kinoДата: Четверг, 24.01.2013, 23:54:47 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2322
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн


Rayhonning oshiqlariga hamdardlik

O‘n minglab, balki yuz minglab azamatlarning ko‘ngliga gurillatib olov yoqqan sohibjamol xonanda Rayhon turmushga chiqyapti. 

Hali eshitmadingizmi? Shou biznesdan non yeydigan gazetayu saytlar shu haqda bong urib yotibdi-ku. 

Hofiz Ozodbek Nazarbekov "Rayhon, senga uylanaman, go‘shangamiz bog‘ bo‘ladi” deb, xunibiyron qo‘shiq kuyladi. Oh-vohlardan foyda chiqmadi. 

Aftidan, Rayhon xotin ustiga xotin bo‘lishga rozi bo‘lmagan. Yo, chimildiqning ochiq osmon ostida bo‘lishiga unga ma‘qul kelmagan. "Evropeyskiy” tarbiya ko‘rgani, o‘zbekchani uncha bilmagani bilan, baribir o‘zbek-da! 

Bu yoqimtoy qizginaga kimlar og‘iz solmadi! Buyurganniki emas, yugurganniki ekan-da. 

"Maqolni xato yozvordi" deb tusmollamang, asli aktyor bo‘lgan kuyov bo‘lmish Yigitali Rayhonning kliplarida bearmon yugurib rol o‘ynagan. 

Ta‘riflarga ishonsak, Yigitali yigitmisan-yigit! O‘mbaloq oshishmi, chapdastlik bilan chopishmi, xonaki qurollardan otishmi, ma‘shuqasini tarallabedodchi ko‘chabezorilardan himoya qilishmi, ishqilib, kiroyi aktyor nima qilishi kerak bo‘lsa, barini uddalarkan. 

Og‘ziga kuchi yetmaganlar "kuyov qaylig‘idan 12 yosh kichik ekani chatoq bo‘pti-da", deb gap tarqatib yurganmish. Hasadchi bo‘l, insof bilan bo‘l-da! 

"Muhabbat yosh tanlamaydi” degan ekan Napoleon (mabodo buni aynan Napoleon aytmagan taqdirdayam, biror ishqparast frantsuz tilidan chiqqani aniq). 

Yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelgandirki, ko‘plarni quruq qo‘l bilan qaytargan ofatijon Rayhon Yigitaliga rozilik bergan. 

Boya aytdim-ku, "Rayhonga ko‘ngil qo‘yganlar sonmingta edi" deb. Uzunquloq gaplarga qaraganda, ancha-muncha ashaddiy rayhonsevarlar to‘y haqidagi xabarni motamdek qabul qilibdi. Hatto o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bo‘pti. 

Toshkentda bir kirakash yigit "Matiz”ida "Neksiya”ni turtib yuboribdi. 

Melisa kelib, qoidabuzarlik sababni so‘rasa, "Rayhon erga tegib ketyapti, endi menga yashashning hojati yo‘q”, debdi. 

Melisa: "Yashashning hojati yo‘q bo‘lsa, boringizni chiqarib bera qoling”, debdi. 

"Kamandir, jinnimanmi, hali hayotdan umidim bor”, debdi oshiq pishiqlik bilan. 

Qashqadaryoda rayhonsevarlardan bittasi to‘y daragini eshitib, o‘ylab-netib o‘tirmay, mahalladagi chog‘roq ariqqa tashlabdi o‘zini! Ariq suvi arang tizzadan kelarkan, oshiqning hamma yog‘i shalabbo bo‘lgani qolibdi. 

Shu holatda satilini ko‘targancha xotini chiqib qolibdi. Qarasa, er so‘laqmonday bo‘lib ariqda yotibdi. "Cho‘kib ketishdan oldin o‘g‘lingizning oyog‘iga olib bersangiz bo‘lardi!” kesatibdi ayol "majnun” eriga. 

Andijonda ham xonandaning xufyona oshiqlaridan biri gaz bilan zaharlanish orqali joniga qasd qilmoqchi bo‘libdi. Ammo uyida gaz yo‘qligi pand berib, niyati amalga oshmay qolibdi. 

Aytishlaricha, keyin o‘ziga kelib, qo‘l urmoqchi bo‘lgan ishining dahshatini his 
qilgan oshiq gaz idorasi vakillarini chaqirib, osh qilib beribdi. Joni yoniga qolgani uchun-da! 

Men ham bir paytlar Rayhonga ko‘ngil qo‘ygandim. Xayriyat, ishq balosidan vaqtida xalos bo‘lgan ekanman. Bo‘lmasa, etak silkib, tarki dunyo qilishimga to‘g‘ri kelarmidi?

Прикрепления: 7390371.jpg(16.5 Kb)


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » Rayhonning oshiqlariga hamdardlik (Rayhonning oshiqlariga hamdardlik)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  WwW.UzMeGaViDeo.Uz   Главная   Регистрация   Вход  
Форма входа
Логин:
Пароль:

Поиск фильмы

Онлайн фильмы

Alamzada 2-Qism Milliy Serial - Аламзада 2-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Rishtalar 44-Qism (milliy serial) | Ришталар 44-Кисм (миллий сериал)

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Alamzada 1-Qism Milliy Serial - Аламзада 1-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Sensiz 2mavsum (o'zbek serial) 66-qism / Сенсиз 2мавсум (ўзбек сериал) 66-қисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0
Наш баннер фильм
Uzbek kino filmlar va boshqa kino filmlar WWW.uzmegavideo.ucoz.ru da onlayn va bepul

Посоветовать другу фильмы

Статистика фильмы
Top.Mail.Ru


В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.
Добро пожаловать на UzMeGaViDeO.Uz Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.
Copyright MyCorp © 2022