Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная Фильмлар WwW.UzMeGaViDeo.Uz

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » “MILLION”chilarning qaltis hazillari (“MILLION”chilarning qaltis hazillari)
“MILLION”chilarning qaltis hazillari
Uzbek-kinoДата: Четверг, 06.11.2014, 18:14:45 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2322
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн



“MILLION”chilarning qaltis hazillari





Jamoaning litsenziyadan mahrum qilinishi sabablari oydinlashdi



     Keyingi yillarda o’zbek qiziqchilik san’atida bir necha yangi qiyofalar kashf etildi. Xususan, "Komedi.uz”, "Dizayn”, "Million” jamoalarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Ayniqsa, "Million” jamoasining chiqishlari ko’pchilikni e’tiborini tortdi. Munosabat ham shunga yarasha: kimdir jamoani maqtasa, yana kimdir umuman hazm qila olmadi. yaqinda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Million” litsenziyadan mahrum etilganligi to’g’risidagi xabar ko’pchilikni befarq qoldirmagani aniq. Bu boradagi taxmin va ovozalarga aniqlik kiritish maqsadida "Million” jamoasi a’zolari Behzod Komiljonov, Davron Kabulov hamda "O’zbeknavo” estrada birlashmasi bo’lim boshlig’i Odiljon Abduqahhorovlarni suhbatga chorladik.



— Oldin bir narsaga aniqlik kiritib olsak: "Million” avval ham bir necha bor ogohlantirilganmi?

Davron Kabulov: — "Bir necha marta” deyilishi noto’g’ri. O’tgan yili kontsert qo’yayotganimizda "O’zbeknavo”dan ogohlantirish olganmiz va ularning tavsiyalari bo’yicha dasturga o’zgartirishlar kiritilgan.



— Ilk kontsert das­turlaringizdagi Mirjalol Qosimov bilan bog’liq ko’rinish hali ham ko’pchilikning yodida. Terma jamoa­miz bosh murabbiyidan kechirim so’raganlaring rostmi?



Davron Kabulov: — Mirjalol Qosimovdan jamoamizning hech bir a’zosi kechirim so’ramagan, chunki kechirim so’raydigan narsaning o’zi yo’q. Hazillar terma jamoani jahon chempionatiga chiqa olmagani bilan bog’liq, shaxsiyatga tegadigan emas. Tadbirlardan birida Mirjalol akani uchratib qoldik, o’xshatish qilgan yigitimiz — Otabek Mirjalol akani oldiga borib, o’zini tanishtirgan, u kishi "E, o’sha bola senmiding, rosa boplapsan-ku? O’zim ko’rmadim, lekin ko’pchilik aytdi” degan. Bor gap shu.



— "Million” ko’pchilikning nonini yarimta qilib yurgani uchun shu ahvolga tushdi, degan da’volarga nima deysiz?



Behzod Komiljonov: —Jamoamizda faqat Davron professional tarzda shou-biznes bilan shug’ullanadi, qolgan yigitlar uchun bu o’ziga xos xobbi. Xabaringiz bor, 4 kun davomida "Istiqlol” san’at saroyi­da kontsert berdik. Eng past – 10 mingdan 50 ming so’mgacha bo’lgan narxlarni belgiladik. Hamma yoqqa tarqalib, qo’lma-qo’l bo’lib ketgan disklardan ham bizga hech qanday moliyaviy foyda yo’q. Qolaversa, "Million” jamoasida o’rnatilgan temir qoida bor — jamoa to’y xizmatlariga bormaydi.



— "Do’st kim, dushman kim, bilinib qoldi”, debsizlar. Buni qanday tushunish mumkin?



Behzod Komiljonov: — Kontsertlarimiz, disklarimizni ko’rib, maqtab yurganlar gazetalar, saytlarda maqolalar chiqib, litsenziyamiz olingandan so’ng orqavarotdan "to’g’ri bo’pti, allaqachon shunday qilishlari kerak edi”, deyishibdi...



— Bu muammolarga duch kelmaslik uchun kontsert dasturi stsenariysini "O’zbeknavo” mutasaddilariga ko’rsatib olsalaringiz bo’lmasmidi?



Davron Kabulov: — Stsenariyning xomaki nusxasi ham, sahnada ketadigan yakuniy ko’rinishi ham "O’zbeknavo”dan o’tkazilgan. Busiz iloji yo’q. Faqat bir narsani tushunmayapmiz: kontsert 5 oy avval bo’lib o’tdi, disklar chiqqaniga ham bir-ikki oy bo’ldi. Birdaniga gazetalar, saytlarda tanqidiy maqolalar, shov-shuv...



— Yigitlar, oxirgi dasturda qaltis, qo’pol hazillar ham ketganligini nega tan olmaysizlar? Sanab berishim mumkin.



Behzod Komiljonov: — «Kamchiligimiz yo’q, litsenziyadan bekor mahrum qilishdi», degan fikrdan umuman yiroqmiz. Bizni to’g’ri tushunishlarini istardik: "Million” yigitlari 6-7 yildan beri san’atda o’zini sinab yurgan bo’lsa-da, jamoa sifatida shakllanganimizga endi bir yildan oshdi. Bor-yo’g’i 2 ta kontsert qo’ydik. Qisqasi, endi yo’limizni topyapmiz.



Davron Kabulov: — Har qanday tanqidni qabul qilishga tayyormiz. Chunki hali bir narsani qoyillatib qo’yganimiz yo’q. Faqat kelib, biz bilan tanishib, "Qani, senlar nima qilyapsan o’zi? Mana bu sahna ko’rinishi orqali nima demoqchisan” deb bir og’iz fikr so’ramasliklari alam qiladi. "Yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir o’tkazadi”, deyishibdi. Yillar mobaynida shakllanadigan tarbiya qanday qilib uch soatlik dastur davomida buzilishi mumkin?



— Ijtimoiy yuki bor ko’rinishlarga ko’proq urg’u berilsa yaxshi emasmidi?



Davron Kabulov: — Kundalik hayotdagi muammolarni sahnaga olib chiqishga harakat qilyapmiz. Bir narsani to’g’ri tushunaylik: kulgu dasturlari boshdan-oyoq jiddiy mavzular atrofida o’ralashaversa, tomoshabin uchun qizig’i qolmaydi. "Million” sahnaga majlis o’tkazishga emas, kontsert berish uchun chiqadi.



"O’zbeknavo” estrada birlashmasi bo’lim boshlig’i Odiljon Abduqahhorov:



— "Million” jamoasining litsenziyasi haqiqatan ham tugatilgan. Jamoa a’zolariga buning sabablari tushuntirildi. Bu chora jamoa yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun qo’llanildi. Kontsert dasturi davomida stsenariydan chetga chiqish holatlari bo’lgan, qolaversa, litsenziya aynan mana shu kamchilik uchungina tugatilgani yo’q. Boshqa san’at turlari kabi qiziqchilikning ham o’ziga yarasha talablari bor va istaysizmi-yo’qmi, ularga amal qilish kerak. O’ylaymanki, jamoa bundan to’g’ri xulosa chiqaradi. Keyin­chalik ijobiy o’zgarishlar ro’y bersa, litsenziya olib, yana faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.



"Million” jamoasi a’zolari, "O’zbeknavo” mutasaddisi va jurnalist fikrlari bilan tanishdingiz. Bu vaziyatda yana bir tomon — muxlislar ham borligini unutmasligimiz kerak. Kulgu san’ati vakillari (bu gap "Million” jamoasiga ham tegishli) ba’zan tor davralar, gap-gashtaklarda aytishga loyiq latifalar, ko’rinishlarni sahnaga ko’tarib chiqishdan tap tortishmayapti. Me’yor, did emas, "tomoshabin shuni xohlayapti”, degan bahona ko’pincha tosh bosib ketayotganini inkor etolmaymiz. 



Azizbek ABDUVALIEV.

"Darakchi"dan olindi



 



 

Прикрепления: 3584925.jpg(25.3 Kb)


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » On-layn Kinolar, Videolar, Audiolar bo'limi » Shou-Biznes / Шоу Бизнес » “MILLION”chilarning qaltis hazillari (“MILLION”chilarning qaltis hazillari)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  WwW.UzMeGaViDeo.Uz   Главная   Регистрация   Вход  
Форма входа
Логин:
Пароль:

Поиск фильмы

Онлайн фильмы

Alamzada 2-Qism Milliy Serial - Аламзада 2-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Rishtalar 44-Qism (milliy serial) | Ришталар 44-Кисм (миллий сериал)

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Alamzada 1-Qism Milliy Serial - Аламзада 1-Кисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0

Sensiz 2mavsum (o'zbek serial) 66-qism / Сенсиз 2мавсум (ўзбек сериал) 66-қисм

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 5.0
Наш баннер фильм
Uzbek kino filmlar va boshqa kino filmlar WWW.uzmegavideo.ucoz.ru da onlayn va bepul

Посоветовать другу фильмы

Статистика фильмы
Top.Mail.Ru


В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.
Добро пожаловать на UzMeGaViDeO.Uz Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.
Copyright MyCorp © 2022